10:00 / 15.10.2017
9438

Vetnamdagi suv toshqinlari qurbonlari soni ortmoqda

Foto: © REUTERS/Kham

Vetnamning markaziy va shimoliy qismida kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 68 kishi kishini tashkil qilmoqda. 34 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda ITV News telekanali xabarida aytildi. 

Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida 32 kishi jabrlangan. Kuchli tropik yomg‘irlar ortidan yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatida 34 mingga yaqin uy shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. 230 mingdan ortiq uy jonivorlari halok bo‘lgan, guruch ekilgan 22 ming gektardan ortiq maydon suv toshqinlari ostida qolgan.

Suv toshqinidan Txanxoa va Ngean, shuningdek mamlakat shimolidagi Shonla, Xoabin, Yyenbay provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Mazkur hududlarda 1,2 mingta uy vayron bo‘lgan, avtomobil yo‘llari buzilgan.

Minglab mahalliy aholi vakillari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Elektr va aloqa tarmoqlari ishdan chiqqan. Sel kelishi xavfi tufayli poyezdlar harakati ham cheklangan.

Top