22:46 / 16.10.2017
22822

Atamboyev Qozog‘iston MAKning saylovga kelmaganiga munosabat bildirdi

Foto:Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov

 

"Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasining kuzatuvchi sifatida kelmasligi haqida o‘qib kulgim keldi. Ular bizga nimani ham o‘rgatishi mumkin?" - dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev davlat rahbari saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar missiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatda saylovdagi ishtirok 98 foizni tashkil qilmoqda, g‘olib bo‘lgan nomzod esa saylovchilarning 99 foiz ovoziga ega bo‘ladi.

Atamboyevning ta'kidlashicha, Qirg‘izistondagi saylovlar adolatli o‘tdi. "Men o‘z vaqtida deputatlik uchun uch marta nomzodimni qo‘yganman, bir marta mandat topshirib, prezidentlikka nomzodimni qo‘yganman", - dedi davlat rahbari. 

"2007 yilda o‘sha vaqtdagi prezident ma'muriyatining rahbari kelib, yetti mandatni taklif qilgan. O‘shanda men unga zavod ishchisiga xos javob berganman, keyin u menga to‘qqiz mandat taklif qilgan, shunaqasi ham bo‘lgan".    Almazbek Atamboyev

Ta'kidlash joizki, kuni kecha Qirg‘izistonda davlat rahbari saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hukumat partiyasi nomzodi Sooronboy Jeenbekov yetakchilik qilmoqda.

Mavzu
Qirg‘iziston-Qozog‘iston munosabatlari

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi arafasida Almazbek Atambayev qo‘shni davlat siyosatlarini bir necha marta qoralab chiqdi. Bunga javoban Qozog‘iston hukumati chegarada qirg‘izistonliklarni to‘xtatib qola boshladi

Barchasi
Top