22:50 / 18.10.2017
10721

Abdulaziz Komilov Eron prezidenti bilan uchrashdi

Foto: mfa.uz

18 oktabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi. 

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron Prezidenti va xalqiga yetkazdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning 2017 yilning 11 sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi va muzokaralari O‘zbekiston-Eron munosabatlarini kengaytirishning yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top