06:57 / 20.10.2017
10629

AQSh aviakompaniyasi antiqa reysni amalga oshirdi

Foto: Southwest Airlines‏

Southwest Airlines aviakompaniyasi ekipaji faqat ayollardan tashkil topgan ilk reysni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.

Aviakompaniya reysning jo‘natilishi oldidan olingan suratni chop etdi. Unda faqatgina ayollar tasvirlangan. Ta'kidlanishicha, ayollar boshqaruvidagi Boeing-737’da Sent-Luisdan San-Frantsiskoga reys amalga oshirilgan. Yo‘lovchilarga 4 nafar ayol bort-kuzatuvchi xizmat ko‘rsatgan, samolyotni esa 2 nafar ayol uchuvchi boshqargan.

Tvitter foydalanuvchilari aviakompaniyaning bu yutug‘ini yuqori baholashgan.

AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal bolshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda uchuvchilik litsenziyasiga ega bo‘lgan 584 ming uchuvchidan taxminan 39 ming nafarini ayol uchuvchilar tashkil qilgan.

Mavzuga oid
Top