Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» prezidenti sudlanishi kutilayotgan Ronaldu haqida o‘z fikrini aytdi
Foto: Getty Images
«Real» prezidenti Florentino Peres soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanayotgan va buni tan olmagan hujumchi Krishtianu Ronaldu e'tiborini faqat futbolga qaratayotganini aytdi.
«Ronaldu xotirjam va o‘zini yaxshi his qilmoqda. U faqat o‘z ishi haqida qayg‘uradigan insonlar toifasidan. Uning vijdoni pok, u hech narsani yashirmayapti va noto‘g‘ri ish qilmagan.
O‘z vujudi va qalbini «Oltin to‘p» va boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritishga bag‘ishlamoqda. Umid qilamanki, u sovrinlarni qo‘lga kiritishdan to‘xtamaydi» - dedi Peres.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan qo‘yilgan, 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini tan olmadi. Endi uni sud mahkamasi kutmoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
22:17 / 16.12.2025