O‘tgan haftada paxta tufayli iste'foga chiqarilgan Denov tumani hokimi bugun lavozimdan rasman ozod etildi
Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi Bahrom Xurramovich Mamatqulov lavozimidan ozod etilgan.
Surxondaryo viloyati matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 20 oktabr kuni xalq deputatlari Denov tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida Bahrom Mamatqulov rasman lavozimdan ozod etilgan.
Iste'foga tuman hokimi aholidan murojaatlar tushishi soni ko‘paygan, muammo va masalalarga e'tiborsizlik bilan qaralgani, shuningdek, tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u 14 oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilish vaqtida paxta terimini tashkillashtira olmagani uchun ishdan ketgandi.
Endilikda tumanga Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov yangi hokim etib tayinlangan. Ulug‘bek Qosimov mutaxassisligi bo‘yicha yurist, u shu kunga qadar Muzrabot tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

17:50 / 21.01.2025
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi

13:06 / 30.12.2024