Sharqshunoslik institutining yangi binosi qachon ochilishi ma'lum
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 19 oktabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasining yangi binosi qurilishi yakunlanishi haqidagi farmoyishni qabul qildi. U Ummon Sultonligi tomonidan binoda ushbu institutning sharq qo‘lyozmalari noyob fondini joylashtirish uchun beg‘araz asosda taqdim etilgan texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan qurilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligining 2017 yil 2 noyabr kuni Institut yangi binosini rasmiy ochilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini ma'qulladi.
Shuningdek, Institut yangi binosini qurishda ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar, sharq qo‘lyozmalarini o‘rganishga ixtisoslashgan olimlar ishtirokida «Yozma yodgorliklarni tadqiq qilishning dolzarb masalalari hamda zamonaviy uslublari» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman ham o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?
17:36 / 30.04.2024
Banklar Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etadi
11:31 / 06.04.2024