09:42 / 22.10.2017
8378

O‘zbekistonlik shaxmatchi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

20 oktabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida M.I.Chigorin xotirasiga bag‘ishlangan shu yilgi 24-xalqaro shaxmat festivali blitsdan start oldi. Unda turli davlatlardan kelgan 275 shaxmatchi, jumladan 14 grossmeyster va 22 xalqaro ustalar ishtirok etishdi, deb yozadi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy sayti.

Blits-turnir 13 turdan iborat, partiyasiga 3 daqiqa vaqt nazorati va har bir yurishga 2 soniya ajratilgan shveysariya tizimida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Nodirbek Yoqubboyev

Turnirda birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik 15 yoshli xalqaro usta Nodirbek Yoqubboyev 9,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni rossiyalik grossmeyster S.Syugirov, uchinchi o‘rinn esa hindistonlik R.Vashyali 9 ochkodan to‘plab egallashdi. 
 

Top