18:31 / 23.10.2017
6082

Chilonzor tumanida qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda qidiruvda yurgan shaxsni qo‘lga olishdi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida 22 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi, 28,211-m. 1-q., va 46-moddasi bilan ayblanib, 2017 yil 1 sentabridan qidiruvda bo‘lgan, 1992 yilda tug‘ilgan, Qatortol ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi  V.Z. Chilonzor tumani hududida ushlandi. 

Top