08:53 / 23.10.2017
3670

Xemilton "Formula-1"ning AQSh Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Britaniyalik avtopoygachi, "Mersedes" jamoasi vakili Lyuis Xemilton ""Formula-1" poygasining AQSh Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. U marra chizig‘i oldida "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fettelni dog‘da qoldira oldi.

3-o‘rinni "Ferrari"ning yana bir a'zosi, finlyandiyalik Kimi Raykkonen egalladi.

Xemiltonning bu g‘alabasi faoliyatidagi 62-g‘alaba bo‘ldi. Umumiy hisobda Lyuis uni ta'qib qilayotgan Fetteldan 66 ochko oldinda bormoqda va uning g‘olibligi faqatgina vaqt masalasi bo‘lib qolmoqda. 

Foto: Reuters

Quyidagi umumiy jadval keltirilgan. 

    Lyuis Xemilton – 331
    Sebastyan Fettel – 265
    Valtteri Bottas – 244
    Daniel Rikkardo – 192
    Kimi Raykkonen – 163
    Maks Ferstappen – 123
    Serxio Peres – 86
    Esteban Okon – 73
    Karlos Sayns – 54
    Felipe Massa - 36

Xemiltonning g‘alabasi, Valtteri Bottas qo‘lga kiritgan 10 ochko "Mercedes" jamoasiga chempionat tugashiga 3 bosqich qolganda muddatdan avval "Konstruktorlar kubogi"ni qo‘lga kiritishga imkon berdi. Jamoa bu unvonni qatorasiga to‘rtinchi yil qo‘lga kiritmoqda. 

Poyganing keyingi bosqichi Meksikada 26-29 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Top