21:50 / 24.10.2017
24927

Dunyodagi ilk relslarda yurmaydigan poyezd Xitoyda sinovdan o‘tkazildi

Foto: EAST NEWS

Xitoyning Chjuchjou shahri aholisi dunyodagi ilk relssiz elektpropoyezdni sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu transport vositasining ilk yo‘lovchilarining aytishicha, "bu metro yoki yo‘lda yurishga o‘xshashdir". Relssiz elektropoyezdning ilk namoyish liniyasi 23 oktabrda ochildi. Bu poyezd Temir yo‘l tashishlarining 13-Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining bosh eksponatlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘rgazma 24-27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.   

Avtonom relslarga ega tezyurar poyezd  (ART) poyezd va avtobus o‘rtasidagi transport vositasidir. Unda rezina shinalar bor, shu sabab u istalgan shahar yo‘li orqali harakatlana oladi. Poyezd trassa xususiyatlarini aniqlab, yo‘nalishni to‘g‘rilaydigan datchiklar bilan jihozlangan. Ushbu poyezdning qurilishi CRRC temir yo‘l kompaniyasining tadqiqot institutiga 2,2 mln dollarga tushgan. 

Uzunligi 30 metr keladigan poyezd uchta vagondan tashkil topgan va 300-500 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Poyezd batareyalari 10 daqiqa ichida quvvatlana oladi va to‘liq quvvatlanganda u keyingi quvvatlanishgacha 25 km yo‘l bosib o‘ta oladi. Elektrpoyezd 100 foizga quvvatlanganda 70 km/soatlik maksimal tezlik bilan 40 km yo‘l bosib o‘ta oladi.

Rasman 6,5 km lik liniya 2018 yil birinchi yarmida Xunan viloyatida foydalanishga kiritiladi. Aholi poyezddan bepul foydalana oladi, yo‘l haqi o‘rniga ID qo‘llanadi.

Pekinda joriy yil oxirida magnit yostiqchalarda harakatlanuvchi poyezd ishga tushiriladi. Hozirda poyezdning ko‘tarilib qo‘ygan 8ta stansiyasi qurib bitkazilgan. Yo‘lovchi bu stansiyalar orasida 100 km/soat bilan yura oladi. Liniya kuniga o‘rtacha 160 ming yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.

Top