19:05 / 24.10.2017
40870

Foto: Cobiq prezident Moskva supermarketlaridan birida

Asqar Akayev — 2005 yilgi inqilobdan keyin mamlakatdan qochgan mustaqil Qirg‘izistonning birinchi prezidenti. Undan so‘ng hukumat tepasiga birgina farq bilan Akayevning taqdirini takrorlagan Kurmanbek Bakiyev keldi. 

Bugungi kunda akademik Asqar Akayev Moskvada yashab, o‘z ilmiy faoliyatini davom ettirmoqda va oddiy odamlar kabi hayot kechirmoqda. Kurmanbek Bakiyev esa keksalik gashtini Belarusda surmoqda. 

Qirg‘iziston fuqarolari sobiq prezidentlarining taqdirini kuzatishdan charchashmaydi: tarmoqda vaqti-vaqti bilan ularning hayotiga taalluqli suratlar paydo bo‘ladi. 

Foto: Kompromat.kg

Kuni kecha «Kompromat.kg»ning Facebook sahifasida Qirg‘izistonning birinchi  prezidenti Asqar Akayevning navbatdagi surati tarqaldi. Bu safar u Moskvadagi supermarketlardan birida mahsulotlar xaridi vaqtida aks ettirilgan. 

Top