12:00 / 24.10.2017
11781

Ronaldu Neymar va Messining umumiy ochkolaridan ham ko‘proq ochko yiqqan

FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayoni yakunlari e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni egallagan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu, «Barselona» a'zolari Lionel Messi va Neymarni qo‘shib hisoblaganda, ulardan ko‘proq ochko yiqqani ma'lum bo‘ldi.

Xususan, Ronaldu 43,16 % ovoz to‘plagan, bu esa Messi (19,25 %) va Neymarga (6,97 %) berilgan ovozlar yig‘indisidan ham ko‘proqdir.

Top-10 quyidagi ko‘rinishni olgan:
1. Krishtianu Ronaldu («Real») — 43,16 %;
2. Lionel Messi («Barselona») — 19,25 %;
3. Neymar («Barselona»/ «PSJ») — 6,97 %;
4. Janluiji Buffon («Yuventus») — 6,82 %;
5. Serxio Ramos («Real») — 3,34 %;
6. Luka Modrich («Real») — 3,33 %;
7. Toni Kroos («Real») — 2,70 %;
8. Marselo («Real») — 2,09 %;
9. N'Golo Kante («Chelsi») — 1,35 %;
10. Luis Suares («Barselona») — 1,19%.

Mavzuga oid
Top