18:40 / 24.10.2017
5704

JCh-2018 tashkiliy qo‘mitasi Blatterning oilasiga tegishli kompaniya bilan kelishuvni bekor qildi

Foto: Reuters

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi Match Hospitality AG kompaniyasi bilan ishlash shartlarini o‘zgartirdi. FIFAning sobiq prezidenti Jozef Blatterning qarindoshlariga tegishli bu kompaniya jahon chempionati o‘yinlari vaqtida stadionlarda VIP-lojalarga xizmat ko‘rsatishi belgilangandi. Bu o‘rinlar uchun chiptalar ham shu kompaniya tomonidan sotilishiga kelishilgandi.

RBK manbasi ma'lumotiga ko‘ra, JCh-2018 tashkiliy qo‘mitasi ushbu kompaniya bilan kelishuvni bekor qilgan. Tez orada VIP-lojalar bo‘yicha yangi pudratchini tanlash uchun tanlov o‘tkaziladi.

Kelishuvning bekor qilinishi sababi keltirilmayapti. 

Shu bilan birgalikda, Match Hospitality HIFA bilan JCh o‘yinlari uchun VIP-paketlar sotish bo‘yicha kelishuvni saqlab qolgan. Chiptala sotuvi shu yilning iyunida yo‘lga qo‘yildi.

Eng qimmat chiptalar paketi («Bolshaya troyka» seriyasi) 2,8 mln dollardan taklif etiladi. Bu mablag‘ evaziga xaridor Moskvadagi «Lujniki» va «Spartak» stadionlarida shuningdek, Sankt-Peterburgda kechadigan barcha o‘yinlarda vip-lojada bo‘lishi mumkin. Shu tariqa, bu paket orqali, ochilish o‘yin yarim final o‘yinlari va final o‘yinini tomosha qilish imkonini beradi.

Jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi. O‘yinlar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Saransk, Samara, Sochi, Rostov-na-Don, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va Volgogradda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top