15:25 / 26.10.2017
8006

Xiaomi qizil rangdagi Mi5X smartfonini sotuvga chiqardi

Foto: Xiaomi

Xiaomi brendi Mi5X modelining yangi rangda sotuvga chiqqani haqida e'lon qildi. 2 noyabrdan xaridorlar pushti, qora va tillarang smartfonlar bilan bir qatorda yorqin qizil rangli Mi5X'ni ham sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Yangi qurilma hozircha faqat Xitoyda sotuvga chiqadi. U xaridorlarga 1499 yuan (225 AQSh dollari)ga tushadi. 

Xiaomi Mi5X joriy yilning 26 iyulida namoyish etilgan. 5,5 dyuymli Full HD-displeyga ega smartfon barmoq izlari skaneri va 12 megapikselli, optik yaqinlashtirish hamda portret s'yomka funksiyasiga ega ikki kamera bilan ta'minlangan.  

Ikki sim-kartali smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 625 chipseti bilan jihozlangan. U Android 7.1.1 Nougat  operatsion tizimida ishlaydi. Smartfon 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi - 3080 mAs. Bundan tashqari, u G VoLTE, Wi-Fi, Bluetooth, GPS'ni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Mavzuga oid
Top