Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi ma'lum
Foto: MMA Fighting
UFC Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini ma'lum qildi. U Las-Vegasda 30 dekabr kuni, UFC 219 katta musobaqasida bo‘lib o‘tadi. Rossiyalik jangchining raqibiga braziliyalik Edson Barboza aylandi.
Xabib uchun bu UFC’da 12 oy ichidagi birinchi jang bo‘ladi. So‘nggi bor u o‘tgan yilning noyabrida Maykl Jonson bilan uchrashib, uni mag‘lub etgandi.
Joriy yilning martida Nurmagomedov UFC'ning yengil vazndagi vaqtinchalik unvoni uchun Toni Fergyuson bilan jang qilishi lozim edi, biroq jang arafasida sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammolar tufayli shifoxonaga tushib qoldi.
Edson Barboza – UFC’dagi eng kuchli yengil vazndagi jangchilardan biri. Braziliyalik ayni damda divizionda Konor MakGregor (chempion), Toni Fergyuson (vaqtinchalik chempion) va Xabibning o‘zidan so‘ng eng kuchli bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024