10:02 / 30.10.2017
10546

Nodirbek Abdusattorov dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biriga aylandi

Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

29 oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida "M.Chigorin Memoriali" xalqaro shaxmat turniri yakunlandi. 

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi axborot xizmatining xabar qilishicha, musobaqada o‘zbekistonlik xalqaro usta Nodirbek Abdusattorov grossmeysterlik uchinchi normasini bajargan. Ta'kidlanishicha, Nodirbek endigina 13 yoshga kirdi.

Qayd etilishicha, yosh iqtidorli shaxmatchimiz turnirda juda yaxshi ishtirok etgan, xalqaro grossmeysterlar bilan bo‘lib o‘tgan bahslarning 3ta partiyasida g‘alaba qozondi va ikki marta durang o‘ynadi. Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov muhim ochkolarni qo‘lga kiritgan.

Top