09:10 / 02.11.2017
6617

Edvard Snoudenning sevimli messenjerini endi hamma ishlatishi mumkin

Signal himoyalangan messenjerini oldin ham kompyuterlarda ishlatish mumkin edi, biroq Chrome uchun kengaytmani o‘rnatish talab etilardi. Boshqa brauzerlarni afzal ko‘rganlar esa uni ishlata olishmasdi. Endi messenjerda brauzer analogiga hech narsada yutqazmaydigan to‘liq desktop ilovasi mavjud.

Dasturni  Windows 7’ning kamida 64 bitli versiyasiga, macOS 10.9 Mavericks yoki Ubuntu hamda Debian kabi Advanced Package Tool’ga ega Linux distributiviga o‘rnatib olish mumkin.

Chrome uchun ilovadan yangi desktop mijozlarga yozishmalar hamda aloqalarni ko‘chirish imkoni bor - bu dasturni o‘rnatish jarayonida ro‘y beradi.

Mavzuga oid
Top