O‘zbekiston fuqarolari AQShga kirishi taqiqlanishi mumkin

© AP Photo / Bebeto Matthews
Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov pikapda odamlarni bosib o‘tib, terakt sodir etishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Endilikda O‘zbekiston fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar qatoriga kirishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati rahbari Sara Sanders jurnalistlarning savollariga javob qaytarish asnosida aytib o‘tgan.
«Biz ayni vaqtda bunga chaqirmayapmiz, ammo buni istisno ham etmaymiz», — degan u matbuot anjumani vaqtida.
Seshanba kuni Nyu-Yorkda, shaharning janubiy-g‘arbiy qismida pikap avtomobili velosipedlar yo‘lagiga bostirib kirdi va o‘z yo‘lidagi velosipedchilarni bosib o‘ta boshladi. Mashina maktab avtobusiga borib urilgan. Shundan so‘ng, haydovchi mashina ichidan chiqqan va qocha boshlagan. Politsiyachilar uni otib jarohatlashgan va qo‘lga olishgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 nafarni tashkil etdi, yana 12 kishi jarohatlandi. Hukumat bu hodisani terakt deb baholadi.
Bundan avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp «Grin-karta» lotereyasini bekor qilmoqchiligini ma'lum qilgandi. Sayfullo Soipov 7 yil muqaddam aynan shu lotereya bilan AQShga kelgan.
Donald Tramp hokimiyatga kelganidan keyin Oq uy 7 davlat fuqarolari mamlakatga kirishini taqiqladi. Bular Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali va Sudan. Keyinroq Sudan ro‘yxatdan o‘chirildi, ammo ro‘yxatga Chad va KXDR fuqarolari, shuningdek, venesuelalik amaldorlar qo‘shildi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV
Jahon | 12:03
-
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
Jamiyat | 11:37
-
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi
Jahon | 11:27
-
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:20
Mavzuga oid

14:42 / 18.05.2023
Sayfulla Soipov 8 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

18:59 / 27.01.2023
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi

08:49 / 29.09.2018
AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qildi

14:21 / 07.09.2018