Nyu-Yorkda Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov pikapda odamlarni bosib ötib, terakt sodir etişi oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Endilikda Özbekiston fuqarolari AQŞga kirişi taqiqlangan mamlakatlar qatoriga kirişi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati rahbari Sara Sanders jurnalistlarning savollariga javob qaytariş asnosida aytib ötgan.

«Biz ayni vaqtda bunga çaqirmayapmiz, ammo buni istisno ham etmaymiz», — degan u matbuot anjumani vaqtida.

Seşanba kuni Nyu-Yorkda, şaharning janubiy-ğarbiy qismida pikap avtomobili velosipedlar yölagiga bostirib kirdi va öz yölidagi velosipedçilarni bosib öta boşladi. Maşina maktab avtobusiga borib urilgan. Şundan söng, haydovçi maşina içidan çiqqan va qoça boşlagan. Politsiyaçilar uni otib jarohatlaşgan va qölga olişgan. Hodisa oqibatida halok bölganlar soni 8 nafarni taşkil etdi, yana 12 kişi jarohatlandi. Hukumat bu hodisani terakt deb baholadi.

Bundan avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp «Grin-karta» lotereyasini bekor qilmoqçiligini ma'lum qilgandi. Sayfullo Soipov 7 yil muqaddam aynan şu lotereya bilan AQŞga kelgan.

Donald Tramp hokimiyatga kelganidan keyin Oq uy 7 davlat fuqarolari mamlakatga kirişini taqiqladi. Bular Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali va Sudan. Keyinroq Sudan röyxatdan öçirildi, ammo röyxatga Çad va KXDR fuqarolari, şuningdek, venesuelalik amaldorlar qöşildi.