Jahon | 21:20 / 04.11.2017
4991
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda to‘fon tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: instagram.com/amadeya77

4 noyabrda Vetnamning markaziy viloyatlariga yopirilgan to‘fon 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kuchli shamol Vetnamning Danang shahri plyajlaridan biri bo‘ylab ketgan muhim yo‘llardagi reklama konstruksiyalariga shikast yetkazgan. Bu shaharda 6-11 noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) yetakchilarining sammiti o‘tkazilishi belgilangan.

OTIH sammitiga Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Xitoy raisi Si Tszinpin va boshqa ko‘plab davlatlar yetakchilari kelishlari kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, mahalliy hukumat to‘fon, toshqin va sunami bo‘lishi vaziyatiga sammit ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha bir necha rejalar ishlab chiqqan.

Ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon Vetnam bo‘ylab o‘tib, Kambojaning janubiy viloyatlarigacha yetib boradi. Shu bilan birga Vetnamning markaziy hududlarida yana bir necha kun yomg‘irlar va shamollar kuzatilishi mumkin.

Mavzuga oid