BMT Yamanda 2015 yildan buyon qancha fuqaro halok bo‘lganini ma'lum qildi
Qurolli mojaro girdobida qolgan Yamanda 2015 yilning martidan buyon 14 mingdan ziyod tinch aholi vakillari halok bo‘ldi yoki yaralandi. Bunday ma'lumotlar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi rasmiy vakili Rupert Kolvill tomonidan Jyenevada taqdim etildi.
"2015 yilning martidan buyon halok bo‘lgan va yaralangan tinch aholining umumiy soni 14 ming 168 kishini tashkil qildi. Jumladan, 5 ming 295 inson hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 8 ming 873 kishi yaralandi", - dedi u. Bu ma'lumotlar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi Yamandagi ofisi tomonidan tekshirildi, biroq "haqiqiy raqamlar, aftidan, ancha ko‘proq", deya taxmin qildi Kolvill.
Rasmiy vakil Yamanning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan blokadasi haqida to‘xtalar ekan, Oliy komissar Boshqarmasi bu qaror “hech qanday aybi bo‘lmagan oddiy odamlarga yordam taqdim etishga salbiy ta'sir ko‘rsatishi” mumkin ekanidan “juda tashvishda” ekanligini aytib o‘tdi.
Dushanba kuni arab koalitsiyasi Yamanning barcha aeroportlari va portlari yopilishi haqida ma'lum qildi. Bu Ar-Riyodga qarata ballistik raketa uchirilganidan so‘ng ro‘y berdi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
17:39 / 07.11.2024