14:40 / 07.11.2017
4255

Indoneziya hukumati WhatsApp’ni bloklamaslikka qaror qildi

Foto: Getty Images

Indoneziya hukumati WhatsApp messenjerini bloklamaslikka qaror qildi. Bu servis noma'qul kontentni o‘chirib tashlash bo‘yicha talabni bajarganidan so‘ng yuz berdi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.

"Endi biz shuni ko‘rmoqdamizki, WhatsApp so‘ragan narsamizni bajardi. Shuning uchun ularni bloklamadik, sababi ular bizning talabga rioya qildi", - deya Indoneziya Kommunikatsiyalar va axborot vazirligi vakili so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Dushanba kuni Reuters Indoneziya hukumati WhatsApp’ni 48 soat ichida bloklab qo‘yish bilan tahdid qilgani haqida xabar berdi. Bu holat servis noma'qul bo‘lgan GIF shakldagi tasvirlarni o‘chirib yubormasa yuz berishi ma'lum qilingandi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bunday talab bolalar manfaatini ko‘zlagan holda ilgari surilgan.

Top