15:50 / 12.11.2017
10199

Qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatining navbatdagi g‘oliblari ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatining ayollar va erkaklar o‘rtasidagi final janglari davom etmoqda. 

Ayni paytga qadar ayollar o‘rtasida bahs olib borayotgan sportchilarning 55 kg, 60 kg va 65 kg vazn toifasida g‘olib hamda sovrindorlar, erkaklar o‘rtasida 65 kg, 70 kg, 75 kg va 80 kg vazn toifasidagi g‘oliblar hamda sovrindorlar ma'lum bo‘ldi. Umumjamoa hisobida oltin medallar bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida oltin medallar soni 8 ta tashkil etmoqda. 

Ayollar o‘rtasida:

55 kg: Maftuna Quvondiqova (O‘zbekiston)
60 kg: Shohida Rahimova         (O‘zbekiston)
65 kg: Regina Maksimova        (Qozog‘iston) 
70 kg: Shahnoza Nizomova       (O‘zbekiston) 

Erkaklar o‘rtasida:

65 kg: Olim Normurodov         (O‘zbekiston)
70 kg: Muhiddin Mamajanov  (O‘zbekiston)
75 kg: Jahongir Jumayev         (O‘zbekiston)
80 kg: Nurmuhammad Beslaniyev (Rossiya)

Endilikda, ayollar o‘rtasida 75 kg va +75 kg vazn toifalaridagi sportchilar, erkaklar o‘rtasida 85 kg, 90 kg hamda +90 kg vazn toifalaridagi jangchilar Osiyo ochiq chempionatining oltin medallari uchun kurash olib boradi.

Mavzuga oid
Top