10:50 / 12.11.2017
54240

Video: Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini ham nokaut qildi

Foto: india.com

12 noyabrga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional boksdagi o‘zining o‘n birinchi jangini o‘tkazdi. 

Nyu-Yorkdagi boks arenasida u amerikalik Markes Hautornga qarshi ringga chiqdi va 2-raundning o‘zidayoq raqibini nokaut qilishga erishdi. 

Avvalgi o‘n jangda ham barcha raqiblarini nokautga uchratgan Shohjahon Ergashev  ikkinchi raunddayoq amerikalik bokschini nokautga uchratdi va hisob bo‘yicha o‘n birinchi jangini ham muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top