10:20 / 13.11.2017
4832

AQSh Dream Chaser kosmik kemasining sinovini o‘tkazdi

Foto: AP

Amerikaning Sierra Nevada xususiy kompaniyasi ko‘pmartalik Dream Chaser fazoviy kemasining parvoz sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazganini e'lon qildi. "Sierra Nevada faxr bilan e'lon qiladiki, Dream Chaser erkin parvoz tartibidagi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi", - deyiladi kompaniyaning Twitter sahifasida. "Dream Chaser ajoyib parvoz va qo‘nishni amalga oshirdi", - deyiladi xabarda. 

Dream Chaser AQSh HHKlarining Edvards aviabazasiga qo‘ngan. Bu uning erkin parvoz sinovidan keyingi birinchi qo‘nishidir. 2013 yili shu kabi sinovda qurilma shassi ishlamay qolgani sababli talofat ko‘rgan edi. 

 

Top