Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi, Odilxon Rustamov uning o‘rnini egalladi

Foto: toshkent.uz
Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari almashdi. KUN.UZ manbasi ma'lumot berishicha, shu kungacha bu lavozimda ishlab kelgan Maxmud Sotivoldiyevich Abdurahmonov o‘rniga Odilxon Bakiyevich Rustamov tayinlangan.
Odilxon Rustamov shu yilning 14 iyulidan Oybek Mirtemirov o‘rniga Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ish boshlagandi.
Odilxon Rustamov davlat soliq xizmati tizimida 1993 yildan beri turli lavozimlarda, 2001-2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005-2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, 2009 yilning martidan 2016 yil martiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
U Shayxontohur hokimi bo‘lishdan avval, 2016 yil martidan boshlab «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga raislik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev hamda viloyat prokurori Jamshid Fayziyev 2017 yilgi paxta mavsumida qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yilgani uchun ishdan olingandi. Shukrullo Boboyev o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Inomovich Ibragimov tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston | 09:57
-
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi
Jahon | 09:54
-
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida
Iqtisodiyot | 09:02