Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi to‘rtinchi tumanda hokim o‘zgardi
Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Odilxon Rustamov Toshkent tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Odilxon Rustamov/Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchisi Sherzod Qudbiyev ham ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov o‘z nutqida qulay geografik joylashuv, rivojlangan bozor infrastrukturasi, meva-sabzavotchilikda dong‘i ketgan o‘ziga xos maktab bo‘lishiga qaramay, tuman juda ko‘p yo‘nalishlarda qo‘shni hududlardan ortda qolganini aytib o‘tdi, tumanda yerdan foydalanish, kommunal soha, norasmiy ishlayotgan ishchilarni legallashtirish, qurilish kabi yo‘nalishlarda o‘zibilarmonlik, boshboshdoqlik yuzaga kelgani keskin tanqid qilindi.
Muhokamalardan so‘ng, Akbar Asqarovich Sulaymonovni Toshkent tumani hokimi vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
- Akbar Sulaymonov 2019 yilning yanvaridan buyon Toshkent tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Rustam Xolmatov Toshkent tumani hokimi lavozimiga Odilxon Bakiyevich Rustamov nomzodini tavsiya qildi. Uning nomzodi Toshkent tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
O.Rustamov faoliyati davomida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari (2009-2016), «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi (2016), Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi (2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2017 yilning kuzida Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari v.v.b. etib tayinlangandi.
Bundan oldinroq, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlarida hokim o‘zgargandi.
Mavzuga oid
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
15:01 / 11.08.2025
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – “Uch qahramon”dagi talafotdan reportaj
05:42 / 11.08.2025
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
12:53 / 30.07.2025