Puchdemon fikrini o‘zgartirdi
Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqadagi inqirozni hal qilishning turli yo‘llari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolishi bo‘yicha variantni ham ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda u Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozni agarda Madrid vaziyatni keskinlashtirmay, Kataloniyani muxtoriyat maqomidan mahrum qilmaganida, radikal choralarsiz ham hal qilish mumkin edi.
"Men Ispaniya bilan munosabatlarning boshqa turini tan olishga tayyorman va shunday bo‘lib qolaman", - deya aytib o‘tdi siyosatchi.
Shu bilan birga, Puchdemonning kutilmaganda ma'lum qilishicha, shaxsan u har doim Ispaniya bilan birdamlik tarafdori bo‘lib kelgan.
"Men har doim birdamlik tarafdori bo‘lib kelganman. Biroq hammasining sababi muxtoriyat maqomining bekor qilinishida, u 2010 yilda Ispaniya va Kataloniya parlamentlari tomonidan muvofiqlashtirilgan edi", - deya ma'lum qildi u.
Puchdemon Kataloniyada 21 dekabrga belgilangan saylovlarda ishtirok etishiga oid savolga javob qaytarmagan.
"Men bizda kuchli koalitsiya bo‘lsa hamda konstitutsiyaning 155-moddasining qo‘llanilishini to‘sib qo‘yish, shuningdek, Ispaniya davlati tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini o‘lchash maqsadida nomzod bo‘lishim mumkin", - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Mavzuga oid
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan siyosatchi boshqaradi
10:40 / 22.06.2024