AQSh dollari haqida siz bilgan va bilmagan 12 fakt
1. Dollar so‘zi Germaniyada o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan tanga nomi «taller»dan kelib chiqqan. Keyinchalik taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o‘rniga marka kirib keldi. Biroq, uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O‘sha paytlarda Angliya va Ispaniya mustamlakalarida peso nomi bilan mashhur bo‘lgan ispan tangalari muomalada bo‘lgan. Bu tangalarni ko‘p joylarda adashgan holda «dalar» deb atashar edi. Uzoq urushlardan so‘ng mustaqillik erishgan AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog‘ida unga hech ikkilanmay hammaga ma'lum va mashhur bo‘lgan «dollar» nomini tanlagan.
2. Uzun inglizcha ibora «Piece of Eight», ya'ni 1/8 (nimchorak) qog‘ozda o‘chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo‘lgan dollar belgisi ($) paydo bulgan.
3. Dollar jargonda «baks» deb ham ataladi. Bu so‘z bug‘uning terisi nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ingliz tilida bug‘u erkagining nomi - buck. U bir paytlar hindular bilan savdo qilishning asosiy quroli bo‘lgan.
4. Dollar tangalarning ham o‘z nomlari bor: 1 sentlik — penni, 5 sent — nikel, 10 sent — daym, 25 sent — kvota, 50 sent — haf deb yuritiladi.
5. Dollarni ishlab chiqarish uchun zig‘ir va paxta tolalaridan foydalaniladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibiga 25% zig‘ir, 75% paxta va ko‘p bo‘lmagan hajmda mayda sintetik tolalar kiradi. Bu tolalar ko‘k va qizil rangga ega bo‘lib, butun kupyura ustida ko‘rinib turadi. Banknotning taxminiy og‘irligi — 1 gramm.
6. Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792 yilda oltinning bir untsiyasi 19,3$ deb belgilangan. 1834 yilda AQShning oltin zaxirasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli untsiya bahosi 20,67$ga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsa-da, dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolavergan.
7. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu — 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli yarmi 1 dollarliklarni tashkil qiladi. 2 dollarlik banknotalar oxirgi marta 2003 yilda zarb qilingan va bora-bora muomaladan chiqib bormoqda.
8. Kuniga 35 mln. banknota ishlab chiqiladi. Shiqirlab turadigan AQSh dollarlari kuniga muomalaga kiritiladi. Agar nominallar bo‘yicha hisoblansa, Qo‘shma Shtatlarda kuniga 635 mln. dollar atrofida chiqariladi. Biroq, xuddi shu miqdordagi banknotalar har kuni qo‘llashga yaroqsiz holga kelgani uchun muomaladan chiqariladi ham.
9. Dollarlar juda chidamlidir. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidaydi. AQSh Federal Zaxira Tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, 1 dollarlik — 22 oyda, 5$ — 24 oyda, o‘ntalik — 18 oyda, 20$ — 25 oyda, 50$ lik — 55 oyda yangisiga almashtiriladi. Yuztalik eng ko‘p «yashaydi», u 60 oy (5 yil) aylanib yuradi.
10. Dollarlarni 1929 yildagi standartlar bo‘yicha zarb qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarning ustki ko‘rinishini 1929 yilda tasdiqlashgan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarixiy obidalar, arxitektura va tabiat tasvirlanadi, deb ta'sis etilgan.
11. Biz bilgan va ko‘rgan 1, 5, 10, 20, 50, 100 dollarliklardan tashqari 2, 500, 1.000, 5.000, 10.000, 100.000 dollarliklar ham bor. 2 dollarlik juda kam nusxada chiqarilgan bo‘lsa, katta qiymatdagi pullar faqat banklararo to‘lovlarda ishlatilgan. To‘lovlarning elektron tizimi (pul ko‘chirish) yo‘lga qo‘yilgach, bu pullar muomaladan olingan. Lekin bu banknotlar hali hanuz kimlarningdir qo‘lida bor va ularning numizmatik qiymati nominal qiymatidan bir necha barobar ortiq.
12. Chop etilgan pullarning 30-50 foizi AQSh hududidan tashqariga chiqib ketadi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024