Buffon, Robben va mundialni o‘tkazib yuboradigan boshqa yulduzlar
Ularning juda ko‘pchiligi uchun JCh-2018 so‘nggi urinish edi. To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida so‘nggi marta ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganlar bundan mahrum bo‘lishdi. Ammo ro‘yxatimizda kelgusida bu imkoniyatni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lganlar ham topiladi. Tribuna.Uz Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JChda ishtirok etmaydigan yulduzlarni sanaydi.
Per-Emerik Obameyang, Gabon

Dunyoning eng tezkor futbolchilaridan biri bo‘lgan Obameyaning terma jamoa tanlashda omadi yurishmagan. Per Fransiyada tug‘ilgan, shu yerda o‘zi uchun munosib bo‘lgan karera qilgan bo‘lishiga qaramasdan, asl vatani Gabon terma jamoasi uchun to‘p surishni istadi. Ammo yolg‘iz otning changi chiqmas deganlaridek, birgina Obameyang bilan terma jamoa bunday murakkab vazifani uddalashi qiyin albatta.
Bu safargi saralash bosqichida hatto Obameyangning ham yordami sezilmadi. Olti uchrashuvda Per-Emerik birorta ham to‘p kirita olmadi va jamoasi haqli ravishda JChda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.
Aren Robben, Niderlandiya

Jahon chempionatida ishtirok etish uchun eng haqli ikki futbolchidan biri sifatida ikkilanmasdan Aren Robbenni ko‘rsatish mumkin. Uning yoshi allaqachon 30lik dovondan oshib bo‘ldi, ammo u hamon terma jamoani ortidan ergashtirib yurishda davom etayotgandi. Afsuski, uning so‘nggi urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Robbenni Qatardagi JChda tasavvur qilish — deyarli imkonsiz. U Niderlandiya uchun qo‘lidan kelganini qildi, ammo hammasi uning uchun omadsiz tugadi.
Yan Oblak, Sloveniya

Taqdir hazilini qarang, deyarli o‘rtamiyonalar safiga ham kirmaydigan Sloveniyadek terma jamoa safida ham anchadan buyon top-futbolchilar yetishib chiqqan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda jamoa bir yo‘la ikki top-davrozabonning paydo bo‘lishi e'tiborga molik. Yaxshiyamki, Yan Oblak va Samir Handanovichning yoshi o‘rtasidagi farq yetarlicha – 9 yil, bu ikki futbolchi ham terma jamoa uchun yetarlicha o‘ynay olishidan dalolat. Ammo turt yillik eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish uchun ularning o‘zi yetarli emas. «Inter» darvozaboni terma jamoadagi faoliyatini tugatgan va Oblak jamoadagi yagona yulduz bo‘lib qolmoqda. Yanning mo‘'jizakor o‘yinlari tufayli jamoa saralashda atigi 7ta gol o‘tkazib yubordi, biroq hujum chizig‘idagi «o‘lik» o‘yin jamoaga hech bo‘lmasa pley-offda qatnashish imkonini ham bermadi.
Marek Hamshik, Slovakiya

Slovakiya esa aynan o‘sha guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo ochkolarning umumiy ko‘rsatkichi bo‘yicha yagona omadsiz ikkinchi o‘rin sohibiga aylanib pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi. Marek Hamshik va Adam Nemets saralash o‘yinlarida «yayradi». Ammo Angliya va Shotlandiyadan uchralgan kichik hisobdagi mag‘lubiyatlar slovaklarga 2010 yildagi natijani takrorlash imkoniyati bermadi. Katta ehtimol bilan bu Hamshikning JChda ishtirok etish uchun so‘nggi imkon edi.
Aleksis Sanches, Chili
Agar Buffonni istisno qilsak, «JCh yo‘llanmasidan eng alamli tarzda quruq qolish» nominatsiyasida shubhasiz Aleksis g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Kolumbiya va Peru uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida 1:1 hisobiga kelishib olishi natijasida Sanches yozda ko‘proq muddat dam oladigan bo‘ldi. Umuman, Xorxe Sampaoli ketgach, terma jamoa o‘yinida pasayish ko‘zga tashlangandi. Bu qisqa vaqt ichida o‘zining salbiy natijasini ham berdi.
Edin Djyeko, Bosniya va Gertsegovina

Terma jamoada yaxshi sheriklarga yolchimagan yana bir futbolchi. Albatta Mirolim Pyanich, Siyod Kolashinats kabi futbolchiar ham bor, ammo Bosniya terma jamoasining qolgan a'zolarini JCh saviyasida deb bo‘lmaydi. O‘zining 31 yoshida ham Djyeko top-forvard bo‘lib qolmoqda, hamon bitta o‘zi uchrashuv taqdirini hal qilgan o‘yinlar ham bor. Ammo Edinning besh goli ham bosniyaliklarning guruhdan chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Djyeko – muxlislik qilmaslik qiyin bo‘lgan futbolchi. U urush davrida vatanida yashadi, yaqin do‘stlarini qabrga qo‘ydi, dahshatli joydan oilasini olib chiqdi, terma jamoada esa musulmon va provaslavlarni bir maqsad yo‘lida birlashtira olgandi. Millatning haqiqiy qahramoni, xarizmatik futbolchi Rossiyada yetishmasligi aniq.
Garet Beyl, Uels

Beylning dardini birinchi navbatda Rayan Giggz tushunishi shubhasiz. Bu ikki futbolchida ham Angliya terma jamoasi safida o‘ynash imkoniyati mavjud bo‘lgan, ammo ular o‘z qalbiga quloq solgan va Yevropaning o‘rtamiyonasidan ham past bo‘lgan Uels terma jamoasida o‘ynashni ma'qul ko‘rishgan. Yevropa chempionatida yo‘llanmalar sonining oshirilishi sababli Uels uzoq tarixidi ilk marta yirik musobaqada ishtirok etdi. Ammo mundial uchun u qadar ko‘p yo‘llanma berilmas ekan, biz kelgusida ham Beylni JChdan quruq qolgan omadsizlar qatoriga qo‘shaveramiz.
David Alaba, Avstriya

Futbol shavqatsiz. Bir mamlakatdan dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan birini yetishtirib chiqarishi mumkin. Ammo o‘sha mamlakatning qolgan futbolchilari ichidan JChga munosib bo‘lgan hech bo‘lmasa yana 10 nafar arzirli futbolchi yetishib chiqmasligi mumkin. David Alaba xuddi Beyl kabi omadsizlar ro‘yxatida, omadsizlar ramziy jamoalarida hali uzoq vaqt ko‘rinish berib tursa ham kerak. Buni kuzatish esa albatta juda achinarli.
Marko Verratti, Italiya

Italiyaning saralashdagi muvaffaqiyatsizligi haqida hali ko‘p eslashadi. 60 yilda ilk marta JCh yo‘llanmasidan quruq qolish – «moviy gvardiya» uchun haqiqiy tragediya. Terma jamoada ko‘pchilik Ventura nimani istaganini haligacha tushunmadi. Jamoaga yutuq kerak bo‘lib turganda, tayanch yarimhimoyachisi bo‘lgan De Rossini tushirmoqchi bo‘lgani, va futbolchining qahramonligi tarmoqlarda keng tarqaldi. Aynan shunday beqaror murabbiy natijasida Italiya bir qator yulduzlari, jumladan «PSJ» yarimhimoyachisi Marko Verratti bilan ham mundialsiz qoladigan bo‘ldi. Ammo 25 yashar Verratti uchun bu hammasi tugadi degani emas. Chunki jamoada boshqa futbolchilar borki, bu saralash uchun ular uchun oxirgisi bo‘lgandi.
Leonardo Bonuchchi, Italiya

Masalan Bonuchchi. Bonuchchi uchun ham barchasi tugadi deyish uchun vaqtli. Kelgusi jahon chempionatiga qadar u 35 yoshga to‘ladi. Odatda 35 yosh italiyalik himoyachilar uchun faoliyatining cho‘qqisi bo‘lishi ham mumkin. Uning termadagi sheriklari Jorjo Kellini va Andrea Bardzali misolida ham buni ko‘rdik. Shu ma'noda «Milan» himoyachisi katta ehtimol bilan Qatarga boradi, ammo yuqorida eslangan ikki sherik, termaning haqiqiy afsonasi kabi faoliyatini shunday ayanchli nuqtada yakunlashi aniq bo‘lib ulgurdi.
Janluidji Buffon, Italiya

Haqiqiy afsona kim degan savolni esa berib o‘tirishimiz shart emas. Biz bir muddat mundial Messisiz o‘tishi mumkinligini ham tasavvur qilib ko‘rdik, ammo barchasi Argentina uchun muvaffaqiyatli tugadi. Ammo istalgan boshqa jamoalarning muxlislari uchun ham yomon ko‘rib bo‘lmaydigan Italiya va Buffonsiz mundialni tasavvur qilish juda qiyin bo‘lmoqda. Buffon Shvetsiyaga qarshi uchrashuvdan keyingi flesh-intervyusidagi ko‘z yoshlari butun futbol olamining ko‘z yoshlariga aylanib ketgani rost. U 40 yoshida, mundial ishtirokchisi sifatida faoliyatini tugatmoqchi edi. Ammo barchasi eng yomon ssenariyda tugadi.
Bonus
Bundan tashqari Aaron Remzi, Jorjo Kellini, Mirolim Pyanich, Arturo Vidal, Arda Turon, Uesli Sneyder, Deyli Blind, Antonio Valensiya, Riyoz Mahrez, Genrix Mxitaryan ham mundialni tomoshabinlar qatorida kuzatishga mahkum.
Azamat Murodov tayyorladi
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi

15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

20:22 / 26.11.2023