Ishtixonda mashinalarni ochishga ixtisoslashgan gastrolyor o‘g‘rilar ushlandi
Samarqand viloyati ichki ishlar idoralari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishda turli tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmokda. Ishtixon tuman IIB jinoyat-qidiruv bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan «Tuzoq» va «Tun» tadbirlari davomida bir necha jinoyatlar qaynoq izidan fosh etilishiga erishildi. Natijada, ayrim o‘g‘rilik jinoyatlariga gumondor shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga viloyat IIB axborot xizmati.
Jinoyat ishtirokchilarining biri — S.S. Samarqand shahar «Xadicha Sulaymonova» MFY Buyuk Ipak yuli ko‘chasida ko‘p qavatli uylarni birida yasharkan. 27 yoshli, o‘rta-maxsus ma'lumotiga ega, hali uylanmagan bu shaxs muqaddam JK 104-moddasi bilan sudlanib ham chiqqan. «Avto ehtiyot qismlar bozori»da savdo qiladi. Ulardan yana biri, 24 yoshli, K.R. ham Samarqand shahrining «Mehrobod» mahallasi Bobur ko‘chasida yashab, mahalla posboni (!) bo‘lib ishlar ekan. Ularning uchinchi sherigi X.D. — 28 yoshda. U ham Bobur ko‘chasida yashaydi. Oilali, bir nafar farzandi bo‘lib, avtobazalarning birida haydovchilik qiladi.
Bu kimsalar hozirda qilmishiga iqror bo‘lishdan bosh tortayotgan bo‘lishsa-da, ammo ular 2017 yil 9 noyabr kuni soat taxminan 20:00 larda Ishtixon shahri hududidan o‘tuvchi M37 «Buxoro-Samarqand» avtomobil yo‘lining «Muhammad ota» oshxonasi yaqinida turgan, fuqaro Ulug‘bek Mamadiyev boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli, davlat raqami 30 367 RAA bo‘lgan avtomashina salonini va orqa yukxonasini ochib, u yerda bo‘lgan qimmatbaho narsalarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtlarida tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, o‘g‘irlik jinoyatlarini oxirigacha yetkaza olishmadi.
Ulardan 1 dona po‘lat chizg‘ich (lineyka) daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olinib, guruh a'zolarining har birlarining harakatlariga qonuniy baho berish uchun tuman IIB tergov bo‘limiga taqdim etilib, ularga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.
Holat yuzasidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida «Neksiya-2» rusumli 30 367 RAA davlat belgili avtomashinasidan jami 17 ta barmoq izlari ham olindi.
Voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs ham gumondorlar yo‘lning narigi tomonidan o‘tib kelib, «Neksiya» mashinasini tunashga urinishganini aytib berdi.
Bundan tashqari, gumondorlarning biri boshqarayotgan kulrang «Spark» rusumli, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda salondan 2 dona har biri 30 smdan bo‘lgan zanglamas po‘latdan chizg‘ich hamda avtomashina eshigini ochish uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalgan 3 dona ilgakli simlar ham daliliy ashyo sifatida olindi.
Jinoiy guruh Ishtixon tumani va qo‘shni tumanlarda shunga o‘xshash hozirgi kunga qadar ochilmasdan qolayotgan bir qancha jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, 2017 yil 6 noyabr kuni kechasi soat 21:00lar atrofida Ishtixon shahri hududidan o‘tuvchi M37 «Buxoro – Samarqand» avtomobil yo‘li chetidagi «Muhammad ota» oshxonasi yaqinida joylashgan fuqaro Ulug‘bek Muhammadovich Mamadiyev boshqaruvida bo‘lgan Ishtixon tumani Qo‘ng‘irot qishlog‘ida yashovchi fuqaro Hazrat Jo‘raqulovich Musurmonovga tegishli bo‘lgan oq rangli «Neksiya-2» rusumli, davlat raqami 30 G 753 MA bo‘lgan avtomashinasining o‘ng tomon old eshigini qo‘lida bo‘lgan 30 sm temir chizg‘ich bilan ochish yo‘li orqali avtomashina saloni orqa kolonkasi oldida bo‘lgan 750.000 so‘m pul hamda salon ichidagi g‘aladondagi 500.000 so‘m, qo‘l tormozi oldida turgan 100.000 so‘m — jami 1.350.000 so‘m pulni yashirin ravishda talon-taroj qilgan. O‘g‘irlangan pullarni o‘zaro kelishib uchga taqsimlab olgan.
Bundan tashqari, 2017 yil 16 oktabrdan 17 oktabrga o‘tar kechasi Samarqand shahar Amirshoh ko‘chasi 29-uyda yashovchi J.Akramovning Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 48-uyning yerto‘lasida joylashgan ofisi eshigini buzib, ofis ichida bo‘lgan temir seyf ichidan 8.500.000 so‘m pul, «Acer» rusumli noutbuk, bir dona «GBL» rusumli karnayni o‘g‘irlab ketishgani;
14 oktabrdan 15 oktabrga o‘tar kechasi Samarqand shahar A.Soniy ko‘chasi 24-uyda yashovchi Mamadiyorov Jahongirga tegishli bo‘lgan oq rangli «Neksiya» rusumli davlat raqami 30 O 787 DA bo‘lgan avtomashina ichidan 650.000 so‘m pul va avtomashinaning har xil hujjatlarini o‘g‘irlab ketishgani ma'lum bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda ushbu guruhning viloyat hududida ochilmasdan qolayotgan boshqa o‘g‘irlik jinoyatlariga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari davom ettirilmokda.
Mavzuga oid
16:53 / 02.12.2024
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi
15:34 / 24.04.2024
Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
11:10 / 15.06.2022
Ishtixon tumani hokimi o‘zgardi
18:45 / 11.01.2021