Trampning ichish uchun suv qidirayotgan videosi ommalashdi

Foto: Reuters
Internetda suv ichish uchun nutqini ikki marta to‘xtatishga qaror qilgan Donald Tramp videosi jadal tarqalmoqda.
15 noyabrda Tramp Osiyo davlatlari bo‘ylab 12 kunlik turnesi bo‘yicha Oq uyda jurnalistlar oldida chiqishi vaqtida og‘zi qurishib, engashgancha minbar ostidan suv qidira boshlaydi.
Tramp suv topolmay “Ularning suvi yo‘q ekan, mayli nima ham qilardik”, deb nutqini davom ettiradi.
Shunda jurnalistlar unga suv minbar yonidagi stolcha ustida turganini aytishadi. Shundan keyin Tramp butilkani qo‘liga olib, uni ochib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri undan suv ichishga tushib ketadi.
Bir qarashda ushbu holatda “biroz madaniyatsizlikdan” boshqa g‘ayritabiiy narsa yo‘qdek tuyuladi. Biroq Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida raqibi, respublikachi-senator Marko Rubioni butilkadan suv ichish uchun 2013 yilda televideniye orqali nutqini to‘xtatgani uchun keskin tanqid qilgandi.
“Keyingi gal Marko Rubio butilkadan emas, stakandan suv ichishi kerak – salbiy effekt kamroq bo‘ladi”, deb kinoya qilgan o‘shanda Tramp.
Shu sababli Trampning yuqoridagi xatti-harakati keng muhokama qilina boshlangan.
Rubioning o‘zi ham bu holatni e'tiborsiz qoldirmay, Trampga bitta-ikkita “maslahat berib qo‘ydi”.
“O‘xshadi, biroq ijro ustida biroz ishlash kerak. Buni bir harakat bilan va kameradan ko‘z uzmagan holda amalga oshirish kerak. Biroq birinchi gal uchun yomonmas”, deb kesatgan senator tvitterda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020