O‘zbekistonda jinoyatlarning har to‘rttadan bittasi ishsizlar tomonidan sodir etilmoqda

Foto: O‘zbekiston24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda jinoyatchilikning oldini olishda eng muhim omillardan biri bo‘lgan ishsizlikni bartaraf etish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu muammoni bartaraf etmay turib, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ko‘zlangan natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Shu ma'noda, Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyat sodir etganlarning 16 mingdan ziyodi yoki har to‘rttadan bittasi ishsiz ekaniga e'tibor qaratdi.
Davlatimiz rahbari bunday noxush holatni bartaraf etish uchun har bir sektor rahbari o‘ziga biriktirilgan hududlarda tadbirkorlik sub'yektlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi, yangi ish o‘rinlarini barpo etishga ko‘maklashishi, fuqarolarning bandligini ta'minlashga imkoniyat yaratish bo‘yicha aniq ishlarni amalga oshirishi lozimligini ta'kidladi.
Muhokama qilingan yana bir dolzarb masala — bu yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning bugungi kun talablariga javob bermasligidir. Masalan, o‘tgan 10 oyda sodir etilgan 8 mingga yaqin yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 ming 31 nafar fuqaro halok bo‘lib, 7 ming 622 nafari tan jarohati olgan. Bu hodisalarning asosiy sababi fuqarolarimizda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, avtotransport vositalarining yo‘llarda harakatlanishi uchun xavfsizlik choralarini ko‘rishda jiddiy muammolar mavjudligidadir.
Shuni inobatga olgan holda, mutasaddi rahbarlarga haydovchi va piyodalarning yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirish, yo‘llarni harakat xavfsizligini ta'minlashning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

17:21 / 05.04.2025