Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Parijdan 76 mln. dollarga uy sotib olgan hukumat vakili bo‘yicha izoh berdi
Foto: Getty Images
Qozog‘iston hukumati Parijdan 76 mln. dollarlik kvartirani kim sotib olgani bo‘yicha ma'lumotni hozircha bera olmaydi, deb xabar qilmoqda KTK telekanali.
Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Yerbo‘lat Dosayev esa jurnalistlarning savollariga javob qaytarmagan. “Men masala nimada ekanini tushunmayapman. Hech kim tasdiqlamadi. Men bilmayman. Sizlar mish-mishlarga qarab ish ko‘rmoqdasiz”, - deya javob bergan u Parijdagi kvartira haqidagi savolga.
Moliya vaziri Baxit Sultonov esa qimmat ko‘chmas mulk haqida eshitgani, biroq uning egasi kim ekanini bilmasligi haqida ma'lum qildi. Uning ishontirishicha, qo‘li ostidagi xodimlar daromadlar bo‘yicha barcha deklaratsiyalarni albatta tekshirishadi, deb yozmoqda Tengrinews.kz.
"Biz bu xabar haqida xorijiy OAVdagi yangilikdan bildik. Jahonda soliq sohasida ma'lumot almashish bo‘yicha kelishuv bor. Agar davlat daromadlari qo‘mitasining reaksiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u har yili hisob raqamlar va deklaratsiyada ko‘rsatilgan xorijdagi mulklarni tekshiradi. Bu kvartirani kim sotib olganini shu deklaratsiyalar orqali bilib olamiz", - deya ma'lum qildi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hukumati vakili Parijda 76 mln. dollarga kvartira sotib olgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:57 / 08.01.2026
Parij va Amsterdamda qor sabab yuzlab aviareyslar bekor qilindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025