23:29 / 18.11.2017
5745

La Liga rahbari firibgarligi tufayli lavozimini tark etishi mumkin

Ispaniya La Ligasi rahbari Xaver Tebas o‘ziga tegishli bo‘lgan Audiovisual New Aged kompaniyasi qarzlarini liga klublari hisobidan to‘lab yuborganlikda gumonlanmoqda, deb xabar beradi Cadena Ser.

Ayni paytda, 55 yoshli mutaxassis ustidan surishtiruv ishlari boshlangan. Agar uning aybdorligi isbotlansa, o‘z lavozimidan ajralishi mumkin.

Xaver Tebas 2013 yildan buyon La Liga rahbari sifatida ishlab kelmoqda. Bungacha u 12 yil davomida tashkilot vitse-prezidenti bo‘lib faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top