20:10 / 20.11.2017
9675

«Paxtakor» legioneri «Nasaf»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi

«Paxtakor»ning braziliyalik legioneri Tiago Bezerra «Nasaf»ga qarshi uchrashuvda to‘pig‘idan jarohatlangan.

«Paxtakor» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘yinning ikkinchi bo‘limida raqib futbolchisi to‘p uchun kurashda uning oyog‘i ustiga tushgani sababli Tiagoning to‘pig‘i yorilgan. Shunga qaramay, u o‘yin oxirigacha bellashuvni davom ettirishga qaror qilgan. 

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida Bezerraning kamida ikki hafta gipsda yurishi kerakligi haqida qarorga kelingan. Shundan so‘ng u yana mashg‘ulotlarga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Top