08:45 / 20.11.2017
7664

O‘zbekistonlik Misha Ge Fransiya Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik figurali uchuvchi Misha Ge Fransiyaning Grenoblida o‘tgan Gran-prining 5-bosqichida g‘oliblar shohsupasidan joy oldi. U musobaqaning bronza medalini qo‘lga kirita oldi.

Oltin medal ispaniyalik Xaver Fernandesga nasib qildi. Kumush medalni yaponiyalik Shoma Uno qo‘lga kiritdi.

Misha Ge uch sakrashlar bilan cheklanib, texnika uchun yuqori baholar oldi va natijada bronza medali sohibiga aylandi. 

Natijalar quyidagicha bo‘ldi: 1. Xaver Fernandes (Ispaniya) - 283.71 ball. 2. Shoma Uno (Yaponiya) - 273.32. 3. Misha Ge (Uzbekistan) - 258.34

Misha ikki marotaba (2011 va 2013 yillar) Osiyo kubogining kumush medalini qo‘lga kiritgan. O‘zbekistonning 4 karra chempioni hisoblanadi. 

Hamyurtimiz Sochida o‘tgan Olimpiadada ishtirok etib, 17-o‘rin bilan cheklanib qolgandi.

2017 yil 2 oktabr holatiga ko‘ra, dunyo reytingida 19-o‘rinni egallamoqda.

Mavzuga oid
Top