15:20 / 23.11.2017
23322

Chirchiq oliy tank-qo‘mondonlik bilim yurti 99 yoshda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti 99 yoshini nishonladi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.  

Mazkur sana munosabati bilan 22 noyabr kuni Chirchiq shahridagi  Kimyogarlar saroyida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar, kursantlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etdi. 

Ta'kidlash kerakki, mamlakatda islohotlar jarayonida harbiy boshqaruv tizimini takomillashtirishga va harbiy kadrlarni tayyorlashga, barcha oliy harbiy ta'lim muassasalarini isloh etishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. 

Oliy harbiy ta'lim muassasalarida milliy dastur asosida ta'limning zamonaviy standartlari ishlab chiqilgan. Ana shunday islohotlar samarasi o‘laroq, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti ham ko‘p tarmoqli ofitserlarni tayyorlovchi ta'lim muassasasi sifatida faoliyat yuritmoqda.  Bilim yurtida:

tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
teppopizmga qapshi kupashish bo‘linmalapi taktik qo‘mondonligi;
maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi;
zenit raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
zirhli tank qurollari va texnikalari taktik muhandisligi kabi harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda. 

O‘qish muddati 4-5 yilni tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top