18:50 / 24.11.2017
10304

MAK chiptalarini endi CLICK orqali xarid qilish mumkin

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

CLICK kompaniyasining ma'lum qilishicha, “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAK bilan hamkorlik natijasida bevosita aviakompaniyaning saytida CLICK tizimining 3,5 milliondan ortiq foydalanuvchilar uchun chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi.

Milliy aviakompaniya bilan imzolangan hamkorlik natijasida joriy qilingan CLICK tizimi orqali aviachiptalarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati sabab ushbu xizmatlar yanada qulayroq va tezroq bo‘ldi. www.uzairways.com saytidagi barcha jarayonlar butunlay avtomatlashtirilgan bo‘lib, aviachiptalarni nafaqat bronlash, ularga sanoqli soniyalarda to‘lovni amalga oshirib, xarid qilish imkonini ham beradi.

Yaqin davr ichida o‘zining 26 yilligini nishonlaydigan “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” aviakompaniyasi hozirgi kunga kelib o‘nlab mamlakatlarni va yuzlab shaharlarni bog‘lab, millionlab sayohatchilarga ishonchli xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Oxirgi paytlarda mamlakatimizdagi xalqaro va ichki turizm rivojlantirilishiga berilayotgan diqqatni e'tiborga olganimizda esa, CLICK orqali to‘lash imkoni ushbu yo‘nalishda navbatdagi dadil qadam bo‘lganini ishonch bilan aytishimiz mumkin.

“Ushbu hamkorlikning boshlanishi va aviachiptalarning CLICK tizimi orqali onlayn xarid qilish imkoniyatining joriy qilinishi zamonaviy AKT yechimlar ko‘plab jarayonlarni osonlashtirishini va yangi imkoniyatlarning yaratilishini yana bir bor yaqqol tasdiqlamoqda. Barcha O‘zbekiston aholisiga shunday imkoniyat yaratganimizdan mamnunmiz va foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay hisoblashadi, deb o‘ylaymiz”, - deb ta'kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Bundan avval CLICK foydalanuvchilari uchun “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AKning temir yo‘l chiptalarini xarid qilish imkoni ham joriy qilingan edi.

Top