20:21 / 25.11.2017
9611

Mirjalol Qosimov: «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin rasmiy mashg‘ulot bo‘ldi»

Foto: KUN.UZ

Oliy liga 30-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘yin borasidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fotojamlanma. «Lokomotiv» derbida «Bunyodkor»ni yengdi va chempionlikni nishonladi 

«Lokomotiv»ni bugungi g‘alaba va O‘zbekiston chempioni bo‘lgani bilan tabriklayman. Bugun ikkala jamoada ham ruhiy jihatdan bosim yo‘q edi. Hamma o‘z vazifasini bajardi. Bugungi o‘yinda futbolchilarga imkon qadar muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishni va jarohat olmaslikni uqtirgandik. Chunki 4 dekabrda bizni kubok finali kutib turibdi. Bu o‘yinni yil o‘yini deb atagan bo‘lardim. Bugun vaziyat va gollarga boy o‘yin bo‘ldi.

Jarohat futbolning bir qismi. Shahzod sust harakat qilgani uchun uni almashtirayotgandim. Undan oldinroq esa, Doston Hamdamov almashtirmoqchi bo‘lgandim. Ammo Gadoyev maydonni tark etdi. Gadoyevning ahvoli borasida aniq ma'lumot olishning hozircha imkoni bo‘lgani yo‘q. Ertaga uning ahvolini bilib olamiz. Uning ko‘ziga e'tibor berganimda jarohat jiddiy emasdek tuyuldi.

Bugun 3 markaziy himoyachi bilan harakat qildik. Chunki bu kabi o‘yinlarda har xil sxemalarni sinab ko‘rdik. Bu «Loko»ni chalg‘itish emas, balki uchrashuvni rasmiy mashg‘ulot bo‘ldi desak, ham bo‘ladi. Shunday o‘yinlarda taktik usullarni sinab olish mumkin bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Qosimov.

Top