Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Islom tarixi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
25 noyabr kuni “Hilol-nashr” nashriyot matbaasida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahimahulloh) hazratlarining umrlari oxirlarida yozgan so‘nggi kitoblaridan biri “Islom tarixi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va xorijdan kelgan ulamolar, mehmonlar, nufuzli diniy tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar qildi.

Tantanali ravishda tashkil etilgan marosim Qur'on tilovati bilan boshlandi. Shundan so‘ng, “Hilol-nashr” nashriyoti direktori Ismoil Muhammad Sodiq kitobning yozilish va chop etilishi tarixi haqida hikoya qilib berdi.

“Ustozimiz Shayx hazratlari boshqa ko‘plab asarlari qatorida xalqimizga Islom tarixi haqida ham muxtasar bir kitob taqdim qilishni niyat qilib yurar edilar. Bu borada ulamolar, ahli ilmlar bilan maslahatlar qilib yurardilar. Keyinroq, ba'zi kitoblarni yozish davomida bunday asarning juda zarurligi ma'lum bo‘lgach, bugun taqdim etilayotgan “Islom tarixi” kitobini qisqa muddatda yozib tugatib, nashriyotga topshirdilar. Ammo Alloh taoloning irodasi ekan, bu kitob ustozimiz yakuniga yetkazishga ulgurgan so‘nggi kitoblardan biri bo‘lib qoldi”, - dedi Ismoil Muhammad Sodiq.

“Alloh taolo ushbu kitobni o‘zbek xalqiga muborak qilsin, barchaga birdek manfaatli, xayrli va barokatli qilsin, muallifdan bu asarni sadaqai joriya o‘laroq qabul aylab, ajru-savoblaridan bahramand aylasin!” – deya o‘z so‘zini yakunladi Ismoil Muhammad Sodiq.
Mazkur kitobni "Hilol-nashr" nashriyoti kitob do‘konlari va boshqa kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlaridan xarid qilishlaringiz mumkin. Quyida ushbu marosimda olingan fotosuratlar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.






Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

15:03 / 29.06.2018
Shayx hazratlarining qizlari xalqqa murojaat qildi

12:55 / 07.08.2017
Turkiyada «Hadis va hayot» kitobi darslik sifatida qo‘llanila boshladi

02:46 / 10.07.2017
«Kuyovchak»: millat va din dardida yozilgan maqola muallifi vafot etdi

15:22 / 11.03.2017