Science Alert naşri öz fikriga köra, kelgusi yilda texnologik manzaraga eng köp ta'sir ötkazadigan innovatsiyalarni tanladi. Ularning barçasi hali rivojlanişi boşida turibdi, şu sababli kerakli kurslarda öqib, zarur mutaxassisga aylaniş uçun hali ham keç emas.
Virtual reallik
Virtual reallik 60-yillar boşida paydo bölgan, lekin futuristik orzudan reallikka aylaniş uçun yetarli salohiyatga yaqinda ega böldi. Facebook 2 mlrd. dollar evaziga Oculus’ni sotib olgaç, kelajak şu texnologiya ortida ekanligi oydinlaşdi. Şuning uçun bugun virtual reallik dasturlari uçun kod yozişni örganişning ayni vaqti.
Maşinani örgatiş
Kompyuter harakatlarini örgatiş va prognozlaş usullaridan bugun juda köp — avtonom transportdan tortib, Siri kabi ovozli yordamçilar yaratişgaça bölgan sohalarda keng foydalanilmoqda. Bunday yönalişdagi mutaxassislarga talab katta ekanligi öz-özidan tuşunarli.
Etik hakerlik
Köplab yirik kompaniyalar kiberhimoyani öz qöllariga olib, ularga yordam berib, dasturlardagi zaif joylarni topadiganlar uçun yirik mukofot va'da qilmoqda. Masalan, Facebook «himoyadagi tuynuklar»ni aniqlab, xabar qilişgani uçun «etik hakerlar» deb ataluvçi dasturçilarga 5 million dollar mukofot bergan.
Blokçeyn
Odatda kriptovalyutalar bilan boğliq tuşuniladigan bu texnologiya yuqori darajadagi xavfsiz va şaffof, markazlaştirişdan xoli ilovalarni yaratiş imkonini beradi. Innopolisda hattoki maktablarga yuqori sinf öquvçilariga ham blokçeyndan dars bera boşlaşgan.
Buyumlar interneti
IoT — Internet og things barça elektron qurilmalarni yagona tarmoqqa birlaştirib, ularni masofadan turib ilovalar orqali boşqariş imkoni berişni va'da qilmoqda. Ayniqsa «aqlli uy» yaratiş ğoyasi juda katta qiziqiş bilan qabul qilingan. Bunda uyğotuvçi soat qahva qaynatgiçga ertalabki qahvani soat neçada tayyorlaşni, uyga yaqinlaşayotgan maşina esa termostatga egasi kelgunça polni qizidirib qöyişni buyuradi. Bu sohada profesionallarga bölgan talab kun sayin oşmoqda.








