Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentiga yordamchi va maslahatchi tayinlandi
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov Ernist Toltoyevni prezident yordamchisi etib tayinlash haqidagi farmonini imzoladi.
Ernist Toltoyev Sooronbay Jeenbekov bosh vazirligida unga yordamchilik qilgandi.
Toltoyev 15 dekabr kuni 31 yoshga to‘ladi. 2015 yilda u O‘sh viloyati O‘zgan tumani Qizil-Oktyabr okrugida qishloq boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan.
Bugun shuningdek, Qirg‘iziston prezidentining masalahatchisi tayinlandi. Endi Muratbek Shoyimqulov davlat rahbarining maslahatchisi hisoblanadi.
O‘tgan haftada sobiq prezident Almazbek Atamboyev o‘z maslahatchilari - Ikramjon Ilyaminov va Farida Niyazovani ishdan bo‘shatgandi.
Mavzuga oid
19:46 / 16.02.2026
Sadir Japarov qanday qilib hokimiyatga kelgandi?
15:38 / 16.02.2026
«Damingni ol, do‘stim» – Japarov Tashiyev bilan uchrashganini aytdi
14:14 / 16.02.2026
«Hech kimni ushlab o‘tirmaymiz» – Japarov hukumatni Tashiyevning odamlaridan «tozalamoqda»
19:07 / 14.02.2026