09:03 / 28.11.2017
24015
Reklama

Nahotki, soch to‘kilishini tan olishdan boshqa chora bo‘lmasa?

Nahotki, kallikni tan olish kallikni yengishning yagona yo‘li bo‘lsa? Nahotki, kallik bilan kurashishning chorasi bo‘lmasa? 

Aslo, unday emas! 

Ushbu maqola intensiv soch to‘kilishidan aziyat chekkan bemorning kasallikka qarshi kurashish tajribasidan kelib chiqqan hikoyasiga asoslanadi. Bemorning kasallikka qarshi sa'y-harakatlari va tajribalari Siz azizlarga ham asqatishi mumkin, degan fikrda ushbu maqolaga e'tiboringizni jalb etmoqchimiz. 

Assalomu Alaykum,

Bugun men sizlarga kallikka qarshi qanday kurashganimni so‘zlab bermoqchiman. Ko‘pchiligimiz kallikka qarshi kurashish qiyin yoki befoyda yoki faqat jarrohlik orqaligina amalga oshirsa bo‘ladigan jarayon deb o‘ylaymiz. Ammo, bu har doim ham to‘g‘ri emas. Men hozir 22 yoshdaman va sochim 16-17 yoshimdagiga nisbatan anchagina baquvvat va husndor ko‘rinishda. Mening bu hikoyani ulashishdan maqsadim, birinchi navbatda, kasallikdan aziyat chekayotgan yoshlarning, qolaversa, kattalarning ham umidini tiklash va ushbu kasallikka qarshi kurashishga chorlashdir. 

Bir necha yillar davomida turli xil mahsulotlarni sinab ko‘rdim va oxir-oqibat, sochlar to‘kilishining oldini oluvchi optimal yechimlarni jamlanmasini kashf qildim. Sochlarni qayta tiklashning eng birinchi va muhim yo‘li bu - kunlik hayot tarzi tartibini to‘g‘irlashdir. Kunlik hayot tarzi tartibi to‘g‘ri ovqatlanish, uyquning to‘g‘ri tartibi va soch to‘kilishiga qarshi dori vositalarining o‘z vaqtida muntazam foydalanilishi demakdir. Demak, menga yordam bergan formula:

- Har kuni ertalab C va D vitaminlari qabuli;

- Har kuni ertalab va kechqurun TM MINOX spreyi. Albatta, bu preparatni qo‘llashdan avval, uni qo‘llash bo‘yicha instruksiya bilan obdon tanishib chiqish zarur;

Foto: MinoX

- Haftada bir marta soch uchun foydali yog‘lar. Agar siz sochlaringiz uchun yog‘lar ishlatmagan bo‘lsangiz, bu amaliyotni, albatta, bugundanoq boshlang. Yog‘lar sochlarni sog‘lomlashtirishda juda ko‘p yordam berishiga ishonaman. Hatto, bugungi kunda ham kakos, jojoba, argan, kastor va zaytun kabi turli xil yog‘lar aralashmasidan foydalanishni tark etganim yo‘q.

- To‘g‘ri tashkil etilgan hayot tarzi. Hayot tarzi haqida gap ketganda, avvalo, yomon odatlardan (chekish, ichish, ba'zi turdagi oziq-ovqatlar iste'moli) voz chekish zaruriyatini ta'kidlab o‘tishim zarur. Siz ovqatlanish borasida shokolad, shakarlamalar va oq nonni iste'mol qilishingiz mumkin, ammo, kundalik ravishda emas.

- Nonushtaga: suli yormasi, har xil mevalar (olma, apelsin, banan), kungaboqar yoki qovoq urug‘i (non, sari-yog‘, pishloq, sut va dukkakliklarni cheklang); 
- Tushlikka: baliq, brokkoli, pomidor, sabzi (guruch, kartoshka, spagetti kabilarni ko‘proq sabzavotlarga almashtiring);
- Kechgi ovqatga: turli sabzavotlar va mevalar aralashmasi.

Ko‘rib turganingizdek, ko‘plab yashil ovqatlar. Men o‘z ovqatlanish tartibimni tubdan o‘zgartirganim bois sochlarim kamroq to‘kilishini, shuningdek, terimni yaxshilanganini sezdim; uyqum ham tiniqlashdi.

Bir necha so‘z bilan umumlashtirsak; agar yosh bo‘lsangiz va sochlaringizga befarq bo‘lmasangiz, bo‘shashmang. Sochlaringizni ortga qaytarib olishingiz, albatta, mumkin. 

Aytgancha, mutaxassisning BEPUL maslahatlariga quloq solmoqchi bo‘lsangiz, marhamat! (Cheksiz hurmat bilan, Samariddin). 

Foto: MinoX

Soch to‘kilishi yechimlari bo‘yicha eng yangi ma'lumotlardan ijtimoiy tarmoqlarda xabardor bo‘lib boring:

TeLeGRAMFACEBOOKODNOKLASSNIKI

INSTAGRAM 

Telegram buyurtmaTeLeGRAM

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top