O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi.

Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta o‘zgarishlarga yuz tutdi. O‘zbekiston bir yil ichida qanday o‘zgardi?

Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi modeliga o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga qo‘yishning muhim bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta - so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning kuchsizlanishi eksport va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslar erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa qisman konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l.

Ushbu islohotlarning kamchiliklari qanday?

Kursni bir xil qilish so‘mning qadrsizlanishiga olib kelishi kutilgandi. Va aholining daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib ketdi.