01:06 / 28.11.2017
19981

JCh-2018’ning eng qari va bo‘ydor terma jamoalari e'lon qilindi

Foto: Zimbio

CIES Football Observatory Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatiga chiqqan terma jamoalarning yoshlarini hisoblab chiqdi. Tadqiqot natijalari FIFA rasmiy saytida e'lon qilindi. 

Tadqiqot natijalari terma jamoalarning jahon chempionati saralash bosqichidagi o‘yinlariga asosan hisoblangan. 

Eng yoshi katta terma jamoa Panama bo‘ldi. Panama futbolchilarining o‘rta yoshi 29,4. Eng yosh terma jamoa deb Nigeriya topildi (24,9). 

Musobaqaning amaldagi chempioni Germaniyada esa 25,7 yosh, Ispaniya 28, Braziliya 27,8. 

Eng bo‘ydor jamoalar ro‘yxatini Serbiya boshqarmoqda. Jamoa o‘yinchilarining o‘rtacha balandligi 185,6 sm. Eng bo‘yi past jamoa deb Saudiya Arabistoni topildi (176,2).

Top