Joriy yilning 11 noyabr kuni Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev öz raisligida ötgan yiğilişda yana odob-axloq doiralaridan çetga çiqib, uyatsiz sözlarni işlatişda davom etgan va yiğilganlarni haqoratlagan. Bu safar Rahmatullayev yiğilişda ötirganlarni nafaqat uyatli sözlar bilan sökkan, balki majburiy mehnat va qonunda nazarda tutilmagan holat böyiça majburiyatlarni bajarişga undagan.

Foto: Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev/Kun.uz

Andijon şahri hokimi «viloyat miqyosida Andijon şahri metallolomdan ança qarz bölib qolgani»ni aytgan. U şu boisdan «har bir taşkilot, jumladan maktab va maktabgaça ta'lim muassasalari ham kunlik metallalom majburiyatini bajarişi kerakligi»ni ta'kidlaydi. 

Bundan avvalroq «Kun.uz»da taniqli bloger va jurnalist Sanjar Said özi istiqomat qilayotgan Jizzax viloyati maktablarida norasmiy ravişda «metallolom soliği» joriy etilgani haqida yozgandi. Şundan keyin Xalq ta'limi, Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirliklari hamda Jizzax viloyati hokimligiga yöllangan tezkor talablar böyiça Xalq ta'limi vazirligidan 2017 yil 9 yanvarda 03 02/1 5 226 sonli xat orqali olingan ma'lumotga köra, Jizzax viloyati va Arnasoy tumani xalq ta'limi muassasalari, şuningdek, umumiy örta ta'lim maktablari rahbarlari tomonidan öquvçilarga metallolom, makalatura töplaş va şunga öxşaş masalalarda topşiriq (körsatma) berilmagani ma'lum qilingandi.

Lekin bu vaziyatda «metallolomni har qanday çoralar bilan» yiğiş topşiriğini şaxsan Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev bermoqda.

Nahotki, metallolom masalasini hal qiliş soğliqni saqlaş, xalq ta'limi va şu kabi ijtimoiy soha vakillarining işi bölsa? Maktab direktori metallolomni qanday topişi yuzasidan ikkita aniq yeçim bor: noqonuniy pul yiğimini taşkillaştiradi yoki metallolom yiğiş uçun barçani safarbar etadi. Aks holda, audioyozuvda aytilganidek, «şahar hokimining ğazabi»ga uçraydi.

Demak, maktabdagi noqonuniy pul yiğimlari qayerdan paydo bölişini şahar hokimiyatining tor yölaklaridan qidiriş kerak...

Masalaning boşqa bir jihatiga e'tibor qaratsak. Şahar hokimi nega pedagog va maktab jamoasini şaharni obodonlaştiriş işlarida qatnaşişga majburlamoqda? Audioyozuvda aytilganidek, «öqituvçilar daraxtlarni oqlab, yerni yumşatib, axlatlarni olib ketsa bas!». Ammo soat 9:00dan haşar boşlansa, bolalarga kim ta'lim beradi?