20:17 / 02.12.2017
19968

Android uchun 2017 yilning eng yaxshi dasturlari reytingi tuzildi

Foto: Getty Images

Google Play versiyasi bo‘yicha, 2017 yilda Android operatsion tizimi uchun yaratilgan eng yaxshi dastur Photo Lab fotomuharriri bo‘ldi. Dastur 50 mln foydalanuvchi tomondan o‘rnatilgan. Google Play’da dasturning 1-o‘ringa qo‘yilishi uning chiroyli dizayni, noyob yangi imkoniyatlari va ommaviyligi bilan tushuntirilgan. 

Eng yaxshi ko‘ngilochar dastur VK Live bo‘ldi. Dastur, shuningdek, 2017 yilda yuklab olishlar bo‘yicha yetakchilik qildi. Dasturni 5 mln kishi yuklab olgan.

Eng yaxshi ijtimoiy dastur hamrohlarni qidirishga mo‘ljallangan BeepCar bo‘ldi. Eng yaxshi kundalik yordamchi dastur sifatida Journey tanlandi. Bu dasturda o‘z xotiralarini saqlash mumkin.

Eng innovatsion dasturlar yo‘nalishida sayohatchilar uchun mo‘ljallangan Airbnb servisi g‘olib bo‘ldi.

Bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi dastur sifatida “Star Walk’dan astronomiya” dasturi e'tirof etildi.

Shuningdek, “Eng katta yashirin salohiyat” yo‘nalishida Be My Eyes (Mening ko‘zlarim bo‘l) dasturi g‘olib bo‘ldi. Bu dastur yordamida volontyorlar videoaloqa yordamida turli vaziyatlarda yordam so‘rab murojaat qiluvchi, ko‘rish qobiliyatida muammolar bo‘lgan odamlar so‘rovlariga javob bera oladilar.

Mavzuga oid
Top