11:01 / 04.12.2017
47033
Reklama

Kale – Turkiyaning taniqli brendi endi O‘zbekistonda

Kale - Turkiyaning dunyoga mashhur, zamonaviy keramik kafellar va santexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya bo‘lib, unga 1957 yilda Ibrohim Bodur tomonidan asos solingan.  

2 dekabr kuni Toshkent shahrida Kale kompaniyasining O‘zbekistondagi filialini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmonlar kompaniya haqida maxsus taqdimotni tomosha qilib, Kale Gallery shourumining ochilishiga guvoh bo‘lishdi.

Kale xoldingi xalqaro miqyosdagi korporatsiya bo‘lib, Yevropada ishlab chiqariladigan keramik plitalar bo‘yicha uchinchi “Eng yirik kompaniya” deb e'tirof etilgan.

Bugungi kunda xolding tarkibida 17 kompaniya mavjud bo‘lib, ularda 5 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Kale Group o‘z mahsulotlarini dunyoning 100dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi.

Kale mahsulotlarining sifati va afzalligi:

  • Mahsulotlarning yengil vazni qurilish maydonidagi ishlarni osonlashtiradi;
  • Kale sinterfleks antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, shifoxona va bolalar uchun mo‘ljallangan obektlar loyihasida ishlatish mumkin;
  • Tashqi muhitda ular yomg‘ir va quyosh bilan birgalikda o‘z-o‘zini tozalash xususiyatiga ega;
  • Mahsulotlarga dizayner didiga moslab, har qanday  ishlov berish mumkin;
  • Kale ekologik toza mahsulotlar qatorida eng muqobil tanlov sanaladi.

Shourumda mehmonlar Kale Group kompaniyasining hammom va yuvinish xonalari uchun mo‘ljallangan sara mebel jihozlari, santexnika vositalari hamda aksessuarlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerdagi nozik did bilan yaratilgan turfa xil modellar hattoki, eng talabgir xaridorni ham befarq qoldirmasligi aniq.

Mustafo Tirit o‘g‘li, Kale eksporti bo‘yicha menejyer:

“Kale korporatsiyasi o‘z faoliyatini keramik plitalar ishlab chiqarishdan boshlagan bo‘lib, hozirda u Turkiyaning mazkur yo‘nalishdagi eng yirik kompaniyasi sanaladi. Biz nafaqat plitalar ishlab chiqarish, balki yuvinish xonalari uchun kerak bo‘ladigan barcha zarur mahsulotlarni yaratishga ham ixtisoslashganmiz. Biz O‘zbekiston bozoriga uzoq yillik istiqbolni ko‘zlagan holda kirib keldik. Kale brendining Toshkent markazida bitta shourumi va uchta savdo nuqtasi mavjud. Narxlar borasida esa biz har qanday mijoz talabini o‘rgangan holda turli qiymatdagi mahsulotlarni taqdim eta olamiz”.

Ochilish marosimida Kale kompaniyasi rahbariyati Toshkentdagi shinam va zamonaviy salon qurilishiga o‘z hissasini qo‘shgan mahalliy dizaynerlik guruhlariga minnatdorchilik bildirish maqsadida maxsus sertifikatlarni topshirdi.

Fikri Mutlu, Kale Gallery rahbari:

“Katta zal, qishda issiq, yozda salqin, keng va yorug‘ xona bularning bari mijozlarning salonga erkin kirib, Turkiyadan keltirilgan sifatli mahsulotlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, yaqindan tanishishlari uchun yaratilgan. Kelasi yil O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida  yana ikkita filialni ochishni niyat qilganmiz. Bizlarni xalqingiz juda iliq kutib oldi. Umid qilamizki, hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi”.

Kale o‘z mijozlari ehtiyojini yuqori tezlikda qondirish, sifatli mahsulotlarni iste'molchiga yetkazib berish va o‘rnatish hamda talablarga mos ravishda xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Yuqori sifatli, bejirim dizaynga ega bo‘lgan so‘nggi modellarni xarid qilish istagida bo‘lgan  barchani kompaniyaning Toshkentdagi filialiga taklif etamiz.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur ko‘chasi, 32A
Mo‘ljal: Anhor Lokomotiv bog‘ining qarshisida
Sayt: http://kale.uz/
Telefon: +99899 8606060

Reklama huquqi asosida

Top